1

O`zbekistonda 5 million dozaga yaqin vaksina qo`llanildi

Jamiyat 13.07.2021, 10:45
Teglar: vaksina,emlanganlar
O`zbekistonda 5 million dozaga yaqin vaksina qo`llanildi

Bu haqda SSV xabar berdi. Ma`lum bo`lishicha, 12 iyulda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 138 915 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanilgan. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 105 326 nafarni;  
  • 2-bosqich emlanganlar 17 041 nafarni;
  • 3-bosqich emlanganlar 16 548 nafarni tashkil qildi.

 

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 4 996 862 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 3 057 120 nafarni;  
  • 2-bosqichda emlanganlar 1 436 293 nafarni;
  • 3-bosqich emlanganlar 503 449 nafarni tashkil qildi.  

 

Shu kungacha to`liq emlangan fuqarolar 921 623 nafarni tashkil qilmoqda.

12 iyul kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

  • Farg`ona viloyati (22 431 doza),
  • Namangan viloyati (21 647 doza),
  • Andijon viloyati (14 962 doza) band qildi.  

 

Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:

  • Namangan viloyatida 630 705 doza,  
  • Farg`ona viloyatida 627 250 doza,  
  • Andijon viloyatida 571 655 dozani tashkil qilmoqda.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1