Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo`rg`ontepa tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman “Dehqon bozori” MChJ moddiy javobgar shaxslari MChJning 201,7 mln so`mini hech qanday asossiz ish haqi va rag`batlantirish sifatida olishganligi, shuningdek savdo hamda xizmat ko`rsatishdan tushgan 157 mln so`mni kirim qilmasdan, jami 358,7 mln so`m pul mablag`larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






