1

Toshkentning 11 ta tumanida maxsus poliklinikalar tashkil etildi

Jamiyat 13.07.2021, 12:05
Teglar: maxsus poliklinika
Toshkentning 11 ta tumanida maxsus poliklinikalar tashkil etildi

Sog`liqni saqlash vazirligi bu haqda xabar qildi. Ma`lum bo`lishicha, mazkur poliklinikalar koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan shaxslar hamda ushbu infeksiya tasdiqlangan bemorlarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko`rsatish, zarur laborator hamda instrumental tekshiruvlar o`tkazish, tekshiruv natijalaridan kelib chiqqan holda ularga davo muolajalarini tavsiya qilish va ambulator davolashni yo`lga qo`yish maqsadida tashkil etildi.

Tibbiy-sanitariya muassasalari va xizmat ko`rsatish yo`nalishi yaqin bo`lgan dispanserlar binosida faoliyat boshlagan ushbu poliklinikalar aholiga kunu tun xizmat ko`rsatishi belgilangan bo`lib, har bir markazga 3 tadan tibbiy brigada biriktirilgan va ular tarkibidan 2 nafar shifokor hamda 2 nafar o`rta tibbiyot xodimi o`rin olgan.

Shuningdek, bemorlarga shoshilinch tibbiy  yordam ko`rsatish maqsadida,  poliklinikalar rentgen, kislorod kondensatorlari, pulsoksimetr, zarur dori-darmonlar, sarflov materiallari, dezinfeksiyalovchi eritma va reaktivlar, shuningdek, maxsus tibbiyot vositalari bilan ta`minlangan.

 

Ayni paytda poytaxtdagi barcha oilaviy poliklinikalar ushbu poliklinikalar bilan integrasiya asosida faoliyat yuritayotgan bo`lib, u erga koronavirus infeksiyasiga gumondor hamda infeksiya tasdiqlangan shaxslar oilaviy poliklinikalar yo`llanmasi va “103” xizmati  orqali yoki o`zlari mustaqil ravishda ham murojaat qilishlari mumkinligi aytilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1