1

Toshkent konferensiyasining rasmiy sayti ishga tushirildi

Jamiyat 13.07.2021, 12:17
Teglar: Toshkent konferensiyasi
Toshkent konferensiyasining rasmiy sayti ishga tushirildi

Joriy yilning 15-16 iyul kunlari poytaxtimizda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o`zaro bog`liqlik. Tahdid va imkoniyatlar” mavzusidagi Xalqaro konferensiya o`tkaziladi.  

Mazkur konferensiyada 400 dan ortiq xorijiy mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Konferensiya faoliyati haqida ma`lumot berish maqsadida uning rasmiy sayti ham ishga tushirildi.

Rasmiy saytda qayd etilishicha, mazkur tadbir bitta yalpi majlis, uchta seksion yig`ilish va yakuniy qismdan iborat bo`ladi.  

Dastlab, 15 iyul kuni soat 15:00 dan 16:30 gacha Toshkentda Markaziy Osiyo Xalqaro Institutining ochilish marosimi bo`lib o`tadi.

Unda  Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi ishlar vazirlari va mutaxassislari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

16 iyul kuni konferensiya ishi «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o`zaro bog`liqlik» mavzusidagi yalpi majlis bilan boshlanadi. 

Tadbir mobaynida BMT Bosh kotibi Antonio Guterrishning murojaati, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning, xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari, tashqi ishlar vazirlari, xalqaro moliya tashkilotlari boshliqlarining nutqlari rejalashtirilgan. Majlis doirasida Markaziy va Janubiy Osiyodagi mintaqalararo hamkorlikning holati va rivojlanish istiqbollari, o`zaro aloqalarning muvaffaqiyatli namunalari, ikki mintaqani o`zaro bog`lashga xizmat qiladigan istiqbolli infratuzilma loyihalari ko`rib chiqiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1