AsosiyJamiyat

Turkiya elsichi Olgan Bekar Shavkat Mirziyoev rahbarligidagi islohotlarga yuqori baho berdi

'Turkiya elsichi Olgan Bekar Shavkat Mirziyoev rahbarligidagi islohotlarga yuqori baho berdi'ning rasmi

2021 yil 13 iyul kuni Oliy Majlisi Senati Raisi T. Narbaeva Turkiya Respublikasining O`zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Olgan Bekarni qabul qildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilingan.

Shuningdek, O. Bekar O`zbekistonda Prezidentimiz Sh. Mirziyoev rahbarligida olib borilayotgan keng ko`lamli demokratik islohotlarga yuqori baho bergan. Tomonlar parlamentlararo muloqotni rivojlantirish O`zbekiston-Turkiya hamkorlik aloqalarini yuqori bosqichga olib chiqishga, xususan oliy darajadagi tashriflar davomida savdo-iqtisodiy, investisiaviy va texnologik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga xizmat qilishini ta`kidladilar.

Muzokaralar doirasida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko`rib chiqildi.

Boshqa yangiliklar