Joriy yilning 12 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlari orqali fuqaro R.L tomonidan O`zbekiston Respublikasining "Qizil kitobi"ga kiritilgan cho`l bo`ktargisi (stepnoy lun) qushni OLX.UZ kanalida sotayotganligi ma`lum bo`lgan edi.
Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko`ra, Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Bioxilmaxillik bo`limi mutaxassisi A.Gaffarov, Ekologiya va atrof - muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo`yicha Buxoro tuman inspeksiyasi inspektorlari I.Huseynov hamda K.Karomatov tomonidan nazorat tadbirlari olib borilib, o`rganildi. Surishtiruvlar natijasida qushni Buxoro shahrining "Yashnabod" MFYda yashovchi fuqaro R.L o`z xonadonida parvarish qilayotgani ma`lum bo`ldi.
Qushni vaqtincha parvarishlash va keyinchalik tabiatga qo`yib yuborish uchun Buxoro ixtisoslashtirilgan“Jayron” pitomnigiga topshirildi.
Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 92-moddasi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi






