Moliya vazirligi G`aznachiligi boshlig`ining o`rinbosari — Davlat xaridlari departamenti direktori sifatida ishlagan Gulnora Rahimova Moliya vazirining o`rinbosari etib tayinlandi.
Gulnora Xashimovna Rahimova Moliya vazirining o`rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati ma`lumotiga tayanib, "Gazeta.uz" xabar berdi.
U tayinlangunga qadar, 2020 yil 2 oktyabrdan boshlab Moliya vazirligi G`aznachilik boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari — Davlat xaridlari departamenti direktori lavozimida ishlagan.
Gulnora Rahimova (1975 yilda tug`ilgan) Toshkent shahrida tug`ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan (1996). Mehnat faoliyatini Milliy universitet o`quv bo`limi mutaxassisi, Iqtisodiyot fakulteti menejment kafedrasi katta o`qituvchisi sifatida boshlagan (1995−2002). Milliy universitetda katta ilmiy xodim (2011−2014), Moliya vazirligi huzuridagi byudjet tashkilotlari va moliya organlari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo`yicha o`quv markazining Davlat byudjetining G`aznachilik ijrosi kafedrasida katta o`qituvchi bo`lib ishlagan. (2014−2017) Keyinroq ushbu bo`lim boshlig`i sifatida faoliyat olib borgan (2017−2019).
Shuningdek, u Moliya vazirligi G`aznachiligining davlat xaridlari va monitoringi direksiyasining rahbari (2019), so`ngra Moliya vazirligi G`aznachiligining davlat xaridlari departamenti direktori sifatida ishlagan (2019−2020).






