AsosiyJamiyat

Qonunchilik palatasining yarim yillik faoliyat tahlil qilindi

'Qonunchilik palatasining yarim yillik faoliyat tahlil qilindi'ning rasmi

Bugun, 13 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan “Parlament faoliyati: 2021 yil 6 oylik yakunlari bo`yicha eng muhim natijalar” mavzusida matbuot anjumani o`tkazildi.

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ilgari surgan g`oyalarni hayotga izchil tatbiq etishga, siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlar faolligini oshirish, ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini yanada kuchaytirish, hududlarda aholini o`ylantirib kelayotgan masalalar bo`yicha o`rganishlar o`tkazish hamda qonun loyihalari muhokamasiga keng jamoatchilikni jalb etish bo`yicha ustuvor yo`nalishlarni amalga oshirishga qaratilgan ishlar Qonunchilik palatasi faoliyatini samarali tashkil etish hamda takomillashtirish yo`lida muhim qadam bo`ldi.

Matbuot anjumanida qayd etilishicha, aholi salomatligini mustahkamlash, ushbu sohadagi qonunchilikni amaliyotga samarali tatbiq qilishga ko`maklashish borasida Qonunchilik palatasi tomonidan tizimli ishlar yo`lga qo`yildi. 

O`tgan olti oy davomida parlament a`zolarining har oyning oxirgi haftasida o`z saylov okruglariga chiqib, aholi va saylovchilarni o`ylantirayotgan masalalarni tizimli ravishda o`rganib borish amaliyoti izchil davom ettirildi. Xususan, uchrashuvlar davomida deputatlar tomonidan 6 550 ta xonadonga tashrif buyurilib, 4 721 ta uchrashuv o`tkazildi. Ularda 98,6 mingdan ziyod fuqaro, shu jumladan 9 715 dan ortiq tadbirkor bilan bevosita uchrashuv va muloqotlar tashkil etildi hamda 2 946 ta ijtimoiy soha ob`ektining faoliyati bilan tanishildi. Deputatlarning muloqotlari chog`ida saylovchilar tomonidan 11 763 ta masala ko`tarildi, shulardan 4 811 tasi xalq vakillari tomonidan joyida hal etildi. Qolgan muammolar esa nazoratga olindi.

O`tgan olti oy mobaynida 35 ta qonun qabul qilinib, ma`qullash uchun Senatga yuborildi. Shundan 17 ta yangi qonun, 12 ta yaxlit qonun, 3 ta jamlanma (16 ta qonun loyihasini o`z ichiga olgan) qonun hamda 3 ta xalqaro shartnomalar va bitimlarni ratifikasiya qilishni nazarda tutuvchi qonundir.

Qayd etilganidek, Qonunchilik palatasining mamlakatimizda demokratik islohotlarni ro`yobga chiqarish, ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlarni huquqiy jihatdan ta`minlash jarayonlarida ishtiroki tobora kengayib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar