AsosiyJamiyat

2021 yil oxiriga qadar barcha vazirlik va idoralarda KPI tizimi joriy etiladi

'2021 yil oxiriga qadar barcha vazirlik va idoralarda KPI tizimi joriy etiladi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o`rinbosari Otabek Hasanov ma`lum qildi.  

"Bugun barcha hokim o`rinbosarlari faoliyatiga KPI tizimi joriy etilgan. Mazkur tizim joriy etilgani bois ularning ish faoliyati qanchalik samarador ekani ko`rinib qolyapti.  

Endigi navbat — vazirlik va idoralarga. Biz bu bo`yicha tizimni ishlab chiqyapmiz va 2-3 oy ichida to`liq ishga tushadi. Shuningdek, Prezident qarori loyihasini ham tayyorlaganmiz.  

Hozirda sinov tariqasida uch-to`rt vazirlikda bu borada ishlar olib borilyapti, o`ylaymanki, yil oxiriga qadar barcha tashkilotlarda KPI tizimi to`liq joriy etiladi", - dedi mas`ul. 

    Boshqa yangiliklar