Buxoro viloyatida o`tkazilgan tadbirda o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan o`qituvchi va uning sherigi ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament.
Departamentning Buxoro shahar bo`limi hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.A. Buxoro davlat universiteti o`qituvchisi B.O`. bilan oldindan til biriktirib, fuqaro R.ni vakolatli tanishlari orqali ushbu ta`lim muassasasiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga boshqa bir fuqaro Sh.orqali 4 000 AQSh dollarni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






