O`zbek kino san`atiga ulkan hissa qo`shgan kinoshunos Xanjara Abulqosimova bugun 87 yoshda vafot etdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.
1934 yil Toshkent shahrida tug`ilgan Xanjara Abulqosimova o`zbek kinoshunosligining tamal toshini qo`ygan insonlardan edi. Bu sohaga butun umrini bag`ishlab, ko`plab shogirdlar orttirgan, kinoshunoslikka oid darslik va qo`llanmalar yozgan.
darakchi.uz sayti Xanjara Abulqosimovaning vafoti munosabati bilan marhumaning oila a`zolariga hamdardlik bildiradi.






