“Uzbekistan Airways” AJ 2021-yil 29-iyulidan boshlab Nukus – Oqto`ba – Nukus yo`nalishida haftasiga bir marta payshanba kunlari muntazam qatnovni amalga oshiradi.
Nukus – Oqto`ba yo`nalishidagi aviachipta narxi 1 071 693 so`mdan, Nukus – Oqto`ba – Nukus yo`nalishi bo`yicha aviachipta narxi esa 1 853 472 so`mdan boshlanadi.
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, “Uzbekistan Airways” Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.






