AsosiyDunyo

AQShda parashuti ochilmay qolgan Britaniyalik askar 4572 metrdan qulab tirik qoldi

'AQShda parashuti ochilmay qolgan Britaniyalik askar 4572 metrdan qulab tirik qoldi'ning rasmi

Kuni kecha Kaliforniyada bir guruh parashyutchilar uchayotgan vaqtda, ulardan biri boshqaruvni yo`qotishi oqibatida , Ataskadero shahridagi xonadonlarning biriga qulab tushgan. 

Bu haqda Independent ga tayanib "FOKUS" nashri xabar bermoqda

U avval tomni teshib o`tgan va oshxonaga qulagan. Qulash vaqtida uy ichida hech kim bo`lmaganligi sabab, hech kimga jarohat etmagan. Hamshira bo`lib ishlovchi Rouz Martin ismli qo`shni ayol yordamga etib kelgan. 

Mashg`ulot paytida 4572 metr (15 ming fut) balandlikdan parashyutchilar samolyotdan sakragan. U esa turar-joy binosiga qulab tushgan. Yiqilish balandligiga qaramay, jiddiy jarohat olmagan. Nashr qilingan rasmlarda uning hanuzgacha parashyut kamarlariga bog`langanligi aks etgan. Shuningdek, askar qulagan vaqtda uyning qo`shnisi hamshira Rouz Martin shovqinni eshitib, yordamga yuguradi. 

"Men hayratda edim. Men uni tekshirib ko`rdim, ko`zlari ochiq edi, lekin uning jarohati bor yoki yo`qligiga amin emas edim. Shuning uchun hech kimga uni joyidan ko`chirishiga yo`l qo`ymadim. fikrimcha, bu haqiqatan ham mo``jiza"-deydi Martin intervyuda . 

Askar kasalxonaga jo`natilgan , u erda u o`rta darajada tan jarohati olganligi ma`lum bo`lgan.

Boshqa yangiliklar