1

Qashqadaryo hokimi tashkilotlar eshigida oylab sarson bo`lgan fuqarolarni bir joyga yig`di va qator tashkilot rahbarlarini ishdan oldi

Jamiyat 15.07.2021, 08:46
Qashqadaryo hokimi tashkilotlar eshigida oylab sarson bo`lgan fuqarolarni bir joyga yig`di va qator tashkilot rahbarlarini ishdan oldi

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev rahbarligida o`tkazilgan ogohlantiruv yig`ilishi tanqidiy ruhda o`tdi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi Axborot xizmati.

Ma`lum qilinishicha, oylab, yillab sarson bo`lgan fuqarolar "yig`ilish maydonga" olib kelingan. Ko`plab rahbarlarning muomala madaniyati, e`tiborsizligi ularning ko`z ungida ochib tashlandi.

- Avvallari "otangga, onangga", degan naql bor edi. bugun ushbu ro`yxat ancha cho`zilib ketdi, - dedi Zoyir Mirzaev. - Natijada farzandiga o`quv daftariga deb asrab qo`ygan pulini ham sarflab tashkilotlar eshigida sarson bo`lganlar soni ortdi. Bugun ana shu onalarni, opalarni siz rahbarlar bilan yuzlashtirdim, Zora, vijdon uyg`onsa, qalbida "har bir ayol mening onam, opa-singlim, deb qaralsa".

Viloyat hokimi faqat qog`ozda murojaati "hal etilgan" fuqaronlarga mas`ullar oldida telefon orqali bog`landi. Murojaatchi ishi hal etilganidan xabari yo`q. Sababi fuqarolar bilan uchrashmasdan, muammo echilmasdan murojaatlar qog`ozda yopib yuborilgan.  

Yig`ilish davomida murojaatlarga panja ortidan qarayotgan ba`zi rahbarlar vazifasidan ozod etildi, ayrimlariga "hayfsan" e`lon qilindi: 

- Yakkabog` tumani Aholi bandligiga ko`maklashish markazi direktori Oltiev Bobomurod vazifasidan ozod etildi. (bir fuqaroning murojaatini 171 kun muddat ichida ham ko`rib chiqmaganligi uchun)

- Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi Shahrisabz shahar bo`limi boshlig`i Ziyoev Jamshid vazifasidan ozod etildi. (takroriy murojaatlarga ham javob bermagani, og`ir sharoitli oilalarga nafaqalar ayaratmagani uchun)

- Koson tumani Elektr tarmoqlari korxonasi direktori Mirzaev Asror vazifasidan ozod etildi. (takroriy murojaatlarga ham javob bermagani uchun)

- "Agrobank"ning Chiroqchi tumani filiali boshqaruvchisi Umurzoqov Oybek vazifasidan ozod etildi. (fuqarolarning kredit so`rab qilgan murojaatlariga e`tibor qaratmagani uchun)

- "Agrobank"ning Qamashi tumani filiali boshqaruvchisi Normurodov Bahrom vazifasidan ozod etildi. (fuqarolarning kredit so`rab qilgan murojaatlariga e`tibor qaratmagani uchun)

- G`uzor tumani Aholi bandligiga ko`maklalish markazi direktori o`rinbosari Toshpo`latova Mavjudaga 3 oylik ish haqi miqdorida jarima. Agar, fuqaroning murojaatiga 10 ish kunida ijobiy hal etilmasa, vazifasidan ozod etish.

- Viloyat Bandlik boshqarmasi boshlig`i Qurbonov Bekzod va G`uzor tumani Aholi bandligiga ko`maklalish markazi direktori Toshpo`latov Sherbeklarga "hayfsan". (“Qashqadaryoneft-gazishchi-ta`minot” AJ Sho`rtan MChJda ishlab ish haqlarini ololmayotgan fuqarolarni murojaatini "unutib" qoldirgani uchun)

- Qamashi tumani hokimining birinchi o`rinbosari G`ofurov Rustamga "hayfsan". (Tumanda fuqarolar tomonidan tadbirkorlik sohasini rivojlantirish masalasida qilinayotgan murojaatlar ijrosini nazoratga olmaganligi uchun).

Shuningdek, murojaatlarga e`tiborsiz qaragan yana o`nlab rahbarlarning Respublika boshqarmasiga, joylardagi Xalq qabulxonalarining ayrim rahbarlarini ishda qolish-qolmasligini so`rab xat yo`llash taklifi ham kiritildi.

Ma`lumot uchun, Qashqadaryo viloyati Prezident Virtual va Xalq qabulxonalariga joriy yilning o`tgan 6 oyi davomida jami 104002 (62634) ta murojaatlar kelib tushgan bo`lib, o`tgan yilning shu davriga nisbatan  41368 taga yoki 66%ga ko`paygan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1