Dunyo koronavirus pandemiyasining yangi to`lqini boshlanishida turibdi. Bu haqda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus ma`lum qildi, deya xabar berdi SSV.
"Hozirda uchinchi to`lqinning ilk bosqichidamiz", — dedi u.
Gebreyesus 10 haftalik pasayishdan so`ng o`lim holatlari o`sganiga e`tibor qaratdi.
Uning so`zlariga ko`ra, koronavirusning «delta» varianti kasallik yuqishi ko`rsatkichlari o`sishining asosiy omili hisoblanadi.
JSST bosh direktori hindcha shtamm dunyoning 111 mamlakatida qayd etilganini ta`kidladi.
Koronavirusning hindcha mutasiyasi yoki «delta» shtammi mart oyida Maharashtra shtatida aniqlangandi.






