1

Prezident farmoni: “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning davlat OTMlarida o`qiyotgan farzandlariga birinchi o`quv yili uchun to`lov-kontrakti to`lab beriladi

Jamiyat 15.07.2021, 09:51
Prezident farmoni: “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning davlat OTMlarida o`qiyotgan farzandlariga birinchi o`quv yili uchun to`lov-kontrakti to`lab beriladi

“Yoshlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident farmoni (PF–6260-son, 13.07.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Aliya vazirligi xabar qildi. 

Farmonga ko`ra, 2021 yil avgust oyida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha bo`lgan har bir farzandi uchun 500 ming so`m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko`rsatiladi.  

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning davlat OTMlarida ta`lim olayotgan farzandlariga 2021/2022 o`quv yilida birinchi o`quv yili uchun to`lov-kontraktning to`liq summasi qoplab beriladi.

“Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga yangi turmush qurayotganida o`z xonadonida qo`shimcha uy-joy qurishi uchun 33 million so`mgacha garovsiz kredit ajratiladi.  

 Ipoteka dasturi doirasida boshlang`ich badal va foiz to`lovlari bo`yicha qo`shimcha 2 mingta yosh oilaga uy-joy sotib olishi uchun subsidiya ajratiladi.

 2021 yil 1 sentyabrdan respublikadagi OTMda to`lov-kontrakt asosida o`qiyotgan talabalar uchun Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi miqdorida va o`qish muddati tugagandan keyin ettinchi oydan boshlab 7 yil muddatda qaytarish shartlari asosida ta`lim kreditlari beriladi.

Davlat organlari va tashkilotlarida ishlayotgan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik ro`yxatiga kiritilgan xorijiy OTMlarini tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga qo`shimcha ustamalar to`lab borish tartibi joriy etiladi.  

Oylik ustamalar 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, ish beruvchi va yosh mutaxassis bilan 3 yilgacha bo`lgan muddatga tuzilgan shartnoma asosida yosh mutaxassisning lavozim maoshiga qo`shimcha ravishda har oy to`lab boriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1