AsosiyDunyo

Tojikiston va O`zbekiston Panjikentni Samarqand temir yo`llari bilan bog`lash imkoniyatini ko`rib chiqmoqda

'Tojikiston va O`zbekiston Panjikentni Samarqand temir yo`llari bilan bog`lash imkoniyatini ko`rib chiqmoqda'ning rasmi

Tojikiston transport vaziri Aziz Ibrohimning ma`lum qilishicha, Tojikistonning So`g`d viloyati Penjikent shahrini Samarqand viloyati bilan temir yo`llar orqali bog`lash imkoniyati qo`shma o`zbek-tojik ishchi guruhi tomonidan ko`rib chiqilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Milliy Matbuot markazi "Asia-Plus"ga tayanib ma`lum qilmoqda.  

 Vazirning ta`kidlashicha, mazkur masala ikki mamlakat savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo`yicha Hukumatlararo komissiyasining Dushanbeda ham, Toshkentda ham o`tkazilgan yig`ilishlarida muhokama qilingan.  

 «Gap ikki mamlakat tadbirkorlari hisobidan bunyod etilishi rejalashtirilgan temir yo`l tarmog`ini qurish haqida ketmoqda», — deydi vazir.  

 Uning so`zlariga ko`ra, asosiy masala — qurilishi rejalashtirilayotgan tarmoqni qancha masofaga etkazish imkoniyati. Aziz Ibrohimning ta`kidlashicha, yotqiziladigan yo`ldan ham yuk tashishda, ham yo`lovchi temir yo`l transporti sifatida foydalanish rejalashtirilgan.  

 Vazirning qayd etishicha, ushbu yo`l orqali, masalan, turistlar 5500 yillik tarixga ega Sarazm shahriga tashrif buyurishi mumkin.  

 Transport vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, loyiha temir yo`l uchastkasini Panjikent shahridan Samarqandning Bulung`ur temir yo`l stansiyasigacha etkazishni o`z ichiga oladi.  

 Eslatib o`tamiz, Shavkat Mirziyoevning 2021 yil 10 iyun kuni Tojikistonga qilgan tashrifi chog`ida ikki mamlakat hukumatlari o`rtasida O`zbekiston hududi orqali yuklar tranziti to`g`risida bitim imzolangan edi.

 

    Boshqa yangiliklar