AsosiyJamiyat

Sirdaryoda "ISUZU", Damas, Neksiya ishtirokida YTH sodir bo`ldi

'Sirdaryoda  "ISUZU", Damas, Neksiya ishtirokida YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

Bugun, 15 iyul kuni soat 13:00larda Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududidan o`tuvchi M-34 avtomobil yo`lining 34-kilometrida "Sirdaryo-Guliston" yo`nalishi bo`ylab harakatlanib kelgan "Damas" rusumli avtomashina ortga qayrilib olayotgan vaqtda ortidan bir yo`nalishda harakatlanib kelgan "ISUZU" rusumli yuk avtomashinasi urib yuborishi natijasida qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib ag`darilgan. 

"ISUZU" yuk avtomashinasi yo`lning o`ng tomoniga ag`darilgan vaqtda shu yo`nalishdan harakatlanib kelayotgan "Neksiya" rusumli avtomashina haydovchisi rul boshqaruvini yo`qotib yo`l chetidagi temir to`siqqa urilib YTH sodir etgan.

To`qnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q. Transport vositalariga zarar etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Sirdaryo IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar