24–iyun kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro tuman tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilgan.
Shifoxona kunduzgi muolaja feldsheri G`.A. fuqarodan kasallik tarixi daftarini ochish uchun 5000 so`m so`ragan. Ushbu voqeadan so`ng bu haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasi rahbarining 2021 yil 1 iyuldagi buyrug`i bilan muolaja feldsheri G`. A. ishdan bo`shatilgan va u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ham bekor qilingan.
“Adolat” partiyasi viloyat va tuman Kengashi deputatlari, faollar bilan bo`lib o`tgan noxush holatni o`rganilgan. Tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimlari bilan yuzma-yuz muloqotda feldsher G`.A.ni har tomonlama yaxshi ishlashi haqida ma`lumotlar ochiqlangan. Shundan so`ng muolaja feldsheri G`.A.ni o`z o`rniga qayta tiklash yuzasidan mutasaddi tashkilotlar hamkorligida keng qamrovli tushuntirish ishlarini olib borildi.
Natijada, shifoxona kunduzgi muolaja feldsheri Azamat Pardaevich G`oziev yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o`z o`rniga ishga tiklangan. Bu haqda "Adolat" SDPning Matbuot xizmti ma`lum qildi.






