AsosiyJamiyat

Buxoroda 40 yoshli erkak o`zi bilan ishqiy munosabatda bo`lib yurgan 39 yoshli qizni rashk sabab pichoqlab o`ldirdi

'Buxoroda 40 yoshli erkak o`zi bilan ishqiy munosabatda bo`lib yurgan 39 yoshli qizni rashk sabab pichoqlab o`ldirdi'ning rasmi

Buxoroda mudhish qotillik yuz berdi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, 2021 yilning 13 iyul kuni soat 19:00 larda, Jondor tumani Samonchiq mahallasidagi “Nozima Niyoz” fermer xo`jaligi dala maydonida, tumanning Istiqlol mahallasida yashovchi, 1981 yilda tug`ilgan F.Z. ismli shaxs, ishqiy munosabatda bo`lib kelgan Samonchiq mahallasida yashovchi, 1982 yilda tug`ilgan J.M. ismli turmushga chiqmagan qiz bilan rashk oqibatida janjallashib, uning bo`yin va ko`krak sohasiga oshxona pichog`ini sanchib og`ir tan jarohati etkazgan. Natijada jabrlanuvchi J.M. voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan F.Z.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JK.ning 97-moddasi (qotillik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`g`atilib, ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan va hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar