AsosiyJamiyat

Adliya vaziri Buyuk Britaniyaning Janubiy Osiyo ishlari va Hamdo`stlik masalalari bo`yicha davlat vaziri bilan uchrashdi

'Adliya vaziri Buyuk Britaniyaning Janubiy Osiyo ishlari va Hamdo`stlik masalalari bo`yicha davlat vaziri bilan uchrashdi'ning rasmi

Kecha, 15 iyul kuni adliya vaziri Ruslanbek Davletov Buyuk Britaniyaning Janubiy Osiyo ishlari va Hamdo`stlik masalalari bo`yicha davlat vaziri Lord Tarik Ahmad bilan uchrashdi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar qilmoqda. 

Mazkur uchrashuv Lord Tarik Ahmadning joriy yil 15-16 iyul kunlari bo`lib o`tayotgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o`zaro bog`liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun O`zbekistonga tashrifi davomida tashkillashtirildi.

Uchrashuv davomida adliya vaziri R. Davletov Lord Tarik Ahmad delegasiyasini Adliya vazirligi faoliyati, huquq va adliya sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishtirdi.

O`zbekistonda huquq va adliya sohalarining rivojlanishida ikki davlat o`rtasidagi hamkorlik aloqalarining tutgan o`rni va istiqbollari to`g`risida fikr almashildi.

Lord Tarik Ahmad O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning keng ko`lamli va yuqori ahamiyatli ekanligini ta`kidlab, Adliya vazirligining kelgusi faoliyatida omad tiladi.

Uchrashuv do`stona ruhda o`tdi.

 

    Boshqa yangiliklar