Gidrometeorlogiya xizmati O`zbekistonning ayrim hududlarida sel kelish xavfi borligi haqida xabar berdi.
Unga ko`ra, Farg`ona vodiysi viloyatlarining tog`li hududlarida hamda Qirg`iz Respublikasining vodiy bilan chegaradosh hududlarida kutilayotgan mahalliy yomg`irlar hisobiga, 17-19 iyul kunlarida Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarining tog` oldi va tog`li hududlarida SEL KELIShI XAVFI BOR.
Eslatib o`tamiz, 13 iyul kuni Kosonsoy tumanining Qirg`iziston bilan chegaradosh xududida soat taxminan 13:30 larda qisqa muddatli kuchli yomg`ir yog`ib, Kosonsoy soyiga sel kelgan. Natijada 8 kishi halok bo`ldi, 6 kishi jarohatlangan. Shuningdek, selda oqib ketgan 7 yoshli bola hamon qidirilmoqda.






