Kecha yurtimizda 478 nafar kishida koronavirus, 357 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi, deya xabar bermoqda SSV Axborot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 15 iyul holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 118380 (+478) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
-34 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
-35 nafari Andijon viloyatida,
-16 nafari Buxoro viloyatida,
-32 nafari Jizzax viloyatida,
--15 nafari Qashqadaryo viloyatida,
-14 nafari Navoiy viloyatida,
-31 nafari Namangan viloyatida,
-35 nafari Samarqand viloyatida,
-19 nafari Sirdaryo viloyatida,
-31 nafari Surxondaryo viloyatida,
-33 nafari Farg`ona viloyatida,
-12 nafari Xorazm viloyatida,
-62 nafari Toshkent viloyatida,
-109 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bundan tashqari, kecha kun davomida 357 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Kasallikdan sog`ayganlar jami 113261 (+320) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 789 nafarni tashkil qildi.






