O`zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Tashqi mehnat migrasiya agentligi vakolatxonasi tomonidan salomatligi yomonlashib, qiyin ahvolda qolgan S.X. ismli fuqaro Novosibirsk – Toshkent aviareysi orqali Vatanga qaytarilishiga ko`maklashildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Axborot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, Novosibirsk shahrida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini yo`qotgan hamda ishga yaroqsiz holatga kelib qolgan U.S. ismli fuqaro Novosibirsk – Toshkent aviareysi orqali O`zbekistonga qaytarildi.
U.S. bir necha yillar ilgari Novosibirsk shahridagi chorvachilik fermer xo`jaligida ishlash maqsadida kelgan va ayni paytda salomatligi yomonlashgan. Shu bilan birga hujjatlarini ham yo`qotgan. U vaqtincha turar joy bilan ta`minlandi, “Vatanga qaytish guvohnomasi” rasmiylashtirilib, Vatanga qaytishga ko`maklashildi.






