Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va uning Rossiya Federasiyasi Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasi va mamlakatimizning Bosh konsulxonasi tomonidan fuqaro N.Sh. vatanga qaytarildi.
Joriy yil 15 iyul kuni Sankt-Peterburg shahrida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan va moddiy qiyin ahvolda qolgan fuqaro N.Sh. Agentlikning Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasiga farzandi Sh.Sh. ning jasadini Vatanga qaytarishda amaliy yordam so`rab murojaat qilgan.
Bosh konsulxona va Agentlikning Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasi tomonidan huquqiy yordam ko`rsatilib, homiylarning mablag`lari hisobidan Sh.Sh.ning jasadi Vatanga qaytarildi.
N.Sh.ga Agentlik hisobidan Sankt-Peterburg – Toshkent yo`nalishidagi aviareysga chipta rasmiylashtrildi. 16 iyul kuni fuqaro N.Sh. va uning farzandi Sh.Sh. ning jasadi Tokshent xalqaro aeroportida Agentlik xodimlari tomonidan kutib olindi.






