AsosiyJinoyat

Toshkentda fuqaroni “xorijdagi” o`qishini ko`chirtirib berishni va`da qilib 6 ming AQSh dollari talab qilgan firibgar ushlandi

'Toshkentda fuqaroni “xorijdagi” o`qishini ko`chirtirib berishni va`da qilib 6 ming AQSh dollari talab qilgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Yashnobod tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro T.I. fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, unga Qirg`iziston Respublikasi O`sh davlat universitetini 1-kursini tamomlaganligi to`g`risida hujjatlarni  rasmiylashtirib berib, keyinchalik yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida o`qishini Toshkent tibbiyot Akademiyasiga ko`chirtirib berish evaziga 6 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar