1

Namangandagi sel oqibatida yo`qolgan, qidiruvdagi 7 yoshli bolaning jasadi topildi

Jamiyat 17.07.2021, 11:35
Namangandagi sel oqibatida yo`qolgan, qidiruvdagi 7 yoshli bolaning jasadi topildi

Avval xabar berganimizdek, 13 iyul kuni  Qirg`iziston Respublikasi Jalolobod viloyati hududida kuchli yomg`ir yog`ishi natijasida sel oqimlari hosil bo`lgan edi. Shundan so`ng, selda oqib ketgan 7 yoshli bola qidirilayotganini ma`lum qilgandik.

Ushbu sel oqimlari 13:20larda Namangan viloyati Kosonsoy tumani hududidan oqib o`tuvchi “Kosonsoy” soyiga 60 metr.kub hajmda sel suvlari oqib kelgan. Uning natijasida Kosonsoy tumani “Mahmudiy A`zam” MFY hududidan oqib o`tuvchi “Kosonsoy” soyi qirg`og`ida joylashgan, ushbu tumanda yashovchi fuqaroga tegishli bo`lgan, dam olish maskanida dam olayotgan va soyga cho`milish uchun tushgan fuqarolarni sel suvlari oqizib ketgan. Natijada 8 nafar fuqaro halok bo`lgan, 6 nafar fuqaro qutqarib qolingan. 1 nafar bedarak yo`qolgan fuqaro qidirilayotgan edi.

Olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida bugun, 17 iyul` kuni erta tongda 2014 yilda tug`ilgan, 7 yoshli bolaning jasadi Kosonsoy soyining “Tagijar” MFY hududidan oqib o`tuvchi qismidan topilgan.

Mavzuga doir:

Namanganda kuchli do`l yog`ib, sel keldi. Qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda (video)

Rasman: Namangandagi selda 8 kishi halok bo`ldi, 6 kishi jarohatlangan  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1