Jizzax shahrida fuqaroning er maydonini firibgarlik yo`li bilan pullayotgan ish boshqaruvchi qo`lga olindi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma`lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyat boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Jizzax shahridagi “H” MChJ ish boshqaruvchisi I.Q. vakolati bo`lmasada fuqaro B.Q.ga tadbirkorlik faoliyatini yo`lga qo`yib, savdo va maishiy xizmat ko`rsatish markazini qurish uchun ajratilgan 60 m(kv) er maydonini, fuqaro S.ga 5 000 AQSh dollariga firibgarlik yo`li bilan sotishni rejalashtirib, shundan 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






