Surxondaryo viloyatida 17 iyul kuni 29 yoshli ayol kundoshi va uning yaqinlari tomonidan"Samosud" qilindi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi ma`lum qildi.
Ma`lum bo`lishicha voqea Sho`rchi tumani “Navro`z” mahallasida sodir bo`lgan. Aniqlanishicha, B.E`zoza o`zining voyaga etmagan farzandi O.Marjona hamda qarindoshi Sho`rchi tumani “Hayrabod” mahallasida yashovchi fuqaro A.Dilnozalar bilan birga Sho`rchi tumani “Navro`z” mahallasi hududidan kesib o`tgan avtomobil yo`li chetki qismidagi piyodalar yo`lakchasida S.Albinani uchratib, u bilan ilgaridan bo`lib kelgan nizoli vaziyati bo`yicha o`zaro janjallashib, o`z harakatlari bilan jamoat tartibini qasddan buzayotganligini anglagan holda jinoiy sherigi A.Dilnoza bilan birgalikda fuqaro S.Albinani qasddan urib do`pposlab, o`zi bilan birgalikda olib kelgan 1 dona qaychi bilan S.Albinaning sochlarini kesib, unga tan jarohati etkazishgan.
Holat bo`yicha olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, fuqaro S.Albinani olgan tan jarohati “Engil tan jarohatlar” ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Sho`rchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan B.E`zoza va A.Dilnozalarga nisbatan 2021 yil 3 iyul kunida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi va 277-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan bo`lib, tergov harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.