Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 28 iyunidan respublika bo`yicha ko`ngilochar ob`ektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter o`yinlari markazlari hamda umumiy ovqatlanish ob`ektlari – kafe, oshxona va choyxonalarning ishlashiga soat 8:00 dan 20:00 gacha ruxsat berilgan edi.
Shu yilning 20 iyulidan boshlab, umumiy ovqatlanish ob`ektlari – restoran, kafe, oshxona va choyxonalarni soat 8:00 dan 20:00 gacha faqatgina ochiq havoda ishlashiga ruxsat beriladi.