Qashqadaryo viloyati Koson tumani “Yuqori Obron” mahallasida istiqomat ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanib chiqqan E.Sh o`z onasini o`ldirdi. Bu haqda "Zamon" yozmoqda.
Ma`lum bo`lishicha, Koson tumani “Yuqori Obron” mahallasida yashovchi 46 yoshli erkak E.Sh. 10 iyul kuni 74 yoshli keksa onasi M.B.ni bolta bilan urib o`ldirgan. Qashqadaryo viloyat IIB ma`lumotida aytilishicha, erkak 2003 yildan buyon “Shizofreniya” kasalligi bilan hisobda turgan.
Marhuma M.B. farzandi E.Sh.ni bir necha bor davolatgani, jumladan, 2021 yil 6 iyun kuni uni viloyat Asab-ruhiy kasalliklar dispanserida davolatib, uyiga olib kelgan.
Ammo uning xatti-harakatlarini biriktirilgan oilaviy poliklinika patronaj guruhi mas`ullari tomonidan doimiy nazorat tartibida o`rganilmagan.
Holat yuzasidan Koson tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






