AsosiyJinoyat

Jizzaxda shirakayf tanishlarning o`zaro janjali o`lim bilan tugadi

'Jizzaxda shirakayf tanishlarning o`zaro janjali o`lim bilan tugadi'ning rasmi

Sharof Rashidov tumanida yuz bergan qasddan odam o`ldirish bilan bog`liq sodir etilgan jinoyatning muhokamasida viloyat prokurorining birinchi o`rinbosari, viloyat IIB mas`ullari, tuman sektor rahbarlari, mutasaddi idoralarning rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Bu haqda Jizzax viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.

Ish holatlariga ko`ra, 2021 yil 15 iyul kuni soat 00.30 larda Sharof Rashidov tumanidagi mahallalarning birida yashovchi M.Sh o`zining yashash xonadonida tanishi M.U bilan spirtli ichimlik iste`mol qilib, mast holatda o`zaro janjallashib qolishi natijasida M.Sh stol ustida turgan oshxona pichog`i bilan M.Uning boshini chap yuqori chakka qismiga bir marotaba urib, og`ir tan jarohati etkazishi oqibatida vafot etgan.

Tayinlangan sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko`ra, fuqaro M.Uning o`limiga chap chakka sohasiga o`tkir tig`li jism bilan sanchilib kesilgan jarohat, bosh gematomasi va ichki qon ketish sabab bo`lganligi ko`rsatilgan.  

Mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan bo`lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Yig`ilishda, viloyat prokurorining birinchi o`rinbosari S.Bazarov tomonidan ushbu jinoyatning kelib chiqishiga imkon bergan sharoitlar xususida to`xtalib, hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish ahvoli tanqidiy muhokama qilindi hamda kelgusida bu kabi nohush holatlarning oldini olish yuzasidan mas`ullarga topshiriqlar berildi.

    Boshqa yangiliklar