AsosiyJinoyat

Surxondaryoda uyida «marixuana» parvarishlab, saqlab kelayotgan shaxs qo`lga olindi

'Surxondaryoda uyida «marixuana» parvarishlab, saqlab kelayotgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Jarqo`rg`on tumanida 22 iyun kuni viloyat hududida «Qoradori 2021» tadbiri  o`tkazildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Tadbir  davomida, tumanning «Qo`ldovli» mahallasida yashovchi, A.Eshmo`minning yashash uyi va yordamchi xo`jaliklari ko`zdan kechirilganda, tomorqasiga, 1 tup «kannabis nasha» o`simligini ekib parvarishlab kelayotganligi hamda yashash uyidan sof vazni 505,81 gramm bo`lgan «marixuana» giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. 

2 iyul kuni A.Eshmo`minga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar