O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1552-, 2442-moddalari bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi doirasida – 1970 yilda tug`ilgan Tadjiboev Alisher Muxitdinovich qidirilmoqda. Bu haqda IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi ma`lum qildi.
A.Tadjiboev Suriya Arab Respublikasida faoliyat olib borayotgan «Katibatul Tavxid val Jixod» terrorchilik guruhi tarkibida mahalliy hukumat qo`shinlariga qarshi janglarda qatnashib kelmoqda.
Mazkur shaxs haqida biror bir ma`lumotga ega bo`lgan yurtdoshlarimiz hududiy ichki ishlar organlari yoki 102 raqami orqali xabar berishlarini so`raymiz.






