AsosiyJinoyat

Namangandagi avtomashina yuvish shahobchasida o`g`irlik sodir etildi

'Namangandagi avtomashina yuvish shahobchasida o`g`irlik sodir etildi'ning rasmi

14 iyul kuni, Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, 1998 yilda tug`ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qildi.  Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Shu kunga o`tar kechasi mahallasi hududida joylashgan avtomashinalarni yuvish shahobchasiga noma`lum shaxs, eshiklari ochiq qolganligidan foydalanib kirib, u erda bo`lgan narxi 700 AQSh dollarlik avtomashina yuvish uchun mo`ljallangan apparatini (karcher) va narxi 150 AQSh dollarlik ko`pik sepish apparatini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.

Yangiqo`rg`on tuman IIB JQB boshlig`i tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, 1994 yilda tug`ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo`yicha Yangiqo`rg`on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 17 iyul kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar