Ayni paytda Namangan viloyati Kosonsoy tumani shimoliy qo`shni Qirg`iziston Respublikasi Jalolobod tumani Olabuqa tumani hududlarida kuchli jala yog`inlar yog`moqda. Bu haqda Namangan viloyati FVB xabar bermoqda.
Kosonsoy soyida yaqin vaqtlar ichida suv sathi ko`tarilib, SEL kelishi mumkin.
"Hurmatli fuqarolar, Soy mintaqa zonalarida ehtiyot choralarini ko`rishingizni so`raymiz", - deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, 13 iyul kuni Kosonsoy tumanining Qirg`iziston bilan chegaradosh xududida soat taxminan 13:30 larda qisqa muddatli kuchli yomg`ir yog`ib, Kosonsoy soyiga sel kelgan. Natijada 8 kishi halok bo`ldi, 6 kishi jarohatlangan. Sal avval yana bir 7 yoshli bolaning jasadi topiligan edi va umumiy qurbonlar soni 9 nafarga etgan.






