Ma`lumki, Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga qabul Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi. Ammo hozirgi vaqtda test rejimida ishlayotan sayt bilan bog`liq muammoli vaziyat yuzaga kelgan. Mazkur masala yuzasidan DTM izoh berdi.
Xabarlarga ko`ra, joriy yilda Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga talabgorlarni onlayn ro`yxatga olish 2021 yil 1 avgustdan boshlanadi. Shu sababli Davlat test markazi tomonidan talabgorlarni onlayn ro`yxatga olish tizimini tayyor holga keltirish uchun texnikum.dtm.uz sayti test rejimida ishga tushirilib, sinovdan o`tkazilmoqda.
Sayt test rejimida sinovdan o`tkazilayotgan vaqtda ayrim fuqarolar texnikum.dtm.uz sayti orqali ro`yxatdan o`tishga harakat qilgan va ularga tasdiqlovchi kod o`rniga 5100 raqamidan «DKning 6-sonli bayoni bilan talabalikka tavsiya etildingiz» mazmunidagi SMS xabar yuborilgan.
Qayd etilishicha, mazkur SMS xabar matni 2020 yilda foydalanilgan bo`lib, saytni sinovdan o`tkazish uchun turli xabarlar yuborib, tekshirib ko`rilayotgan paytda ham foydalanilgan .