Bu haqda IIVning TEQKBB Odam savdosi va noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish boshqarmasi xabar qildi.
Ma`lum qiliishicha, odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo`yicha kichik komissiyasi va “Winrock International” tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan USAIDning “Markaziy Osiyoda xavfsiz migrasiya” loyihasi doirasida migrasiya va odam savdosi masalalari bo`yicha virtual onlayn maslahatchi @salom_migrant_bot telegram botini ishlab chiqdi.
Chat bot orqali mehnat migrantlari xorijda ishlash va yashash qoidalari, mehnat migrantlarning huquq va majburiyatlari, shuningdek migrantlar uchun mavjud ko`mak haqida ma`lumotlar olishlari mumkin.
Shuningdek, chat bot orqali odam savdosi bilan bog`liq vaziyat yuzasidan onlayn tarzda «dolzarb aloqa»ga murojaat etish mumkin. Bunday murojaat to`g`ridan to`g`ri Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo`yicha kichik komissiyasiga tushadi.
Botda keltirilgan maslahatlar xorijda xavfsiz ish topishga yordam beradi va vatanga qaytgan migrantlar uchun mavjud imtiyozlar haqida ma`lumot beradi. Shu bilan birga, botda koronavirus infeksiyasiga oid foydali maslahatlar ham keltirilgan.