AsosiyJinoyat
3457

Nurmat Otabekov: “O`zbekistonga “Lambda” shtammi kirib kelishi ehtimoli mavjud

'Nurmat Otabekov: “O`zbekistonga “Lambda” shtammi kirib kelishi ehtimoli mavjud'ning rasmi

Xabar qilinganidek, O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tashabbusi bilan  Sog`liqni saqlash vazirligi hamkorligida O`zEOAVMA media-xollida “Vaksina – salomatlik va cheklovlarsiz hayot” mavzusida Ochiq muloqot tashkil etildi.

Mutaxassislar ommaviy axborot vositalari vakillarini qiziqtirayotgan savollarga javob berish asnosida bugungi pandemik vaziyat bilan bog`liq bir qator muhim jihatlarga ham e`tibor qaratishdi. 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i o`rinbosari Nurmat Otabekov koronavirusning yangi shtammlari haqida to`xtalib, ularning barchasiga qarshi kurashda vaksinalarning ahamiyati yuqori  ekanligini ta`kidladi.  

“Ayni paytda yurtimizda koronavirusning bir qancha shtammlari aniqlangan. Bugungi kunda Janubiy Amerikada keng tarqalayotgan “Lambda” shtammi ham mamlakatimizga kirib kelishi mumkinligini hech kim inkor qilolmaydi”, - dedi Nurmat Otabekov.  

Uning ta`kidlashicha, bugungi kunda Janubiy Amerikada tarqalayotgan koroavirus infeksiyasining 30 foizi bevosita yangi “Lambda” shtammi bilan bog`liq. Mazkur shtamm boshqalarga nisbatan o`ta yuquvchanligi, tez tarqalishi, og`irrioq o`tishi  bilan ajralib turadi. Avvalgi shtammlar faqat bemor bilan muloqot asnosida yuqishi aniqlangan bo`lsa, “Lambda” shtammi bilan hatto bemorning yonidan o`tib ketish asnosida ham kasallanish mumkin. Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lumotlariga ko`ra, ilk bor 2020 yilning dekabr oyida Peru, Ekvador, Argentinada  aniqlangan “Lambda” ayni paytga qadar dunyoning 30 dan ortiq mamlakatiga tarqalib ulgurgan.  

“Vaksina har qanday shtammga qarshi samara berishi mumkin, – dedi N. Otabekov. – Chunki, bu shtammlarning barchasining asosida  SARS-CoV-2  koronavirusi yotadi. Shu bois, odamlarimiz,  turli mishmishlarga ishonmasdan, albatta vaksina olishi, shu bilan birga karantin talablariga ham izchil amal qilishni to`xtatmasligi shart.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar