Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo`limi tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, fuqaro Sh.T. fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, unga Qozog`iston Respublikasi Chimkent shahrida joylashgan tibbiyot institutining 1-bosqichini tamomlaganligi to`g`risida hujjatlarni rasmiylashtirib berib, keyinchalik o`qishini tanishlari orqali Samarqand Davlat tibbiyot institutiga ko`chirtirib berish evaziga 5 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
👉 t.me/Department_uz






