Ommaviy axborot vositalarida Moskva viloyatidagi kafelardan birining yaqinida mehnat migrantlari o`rtasida mushtlashuv yuz bergani, unda o`q ovozlari eshitilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskvadagi vakolatxonasi xodimlari mazkur vaziyatni o`rganganda, Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligi ushbu mushtlashuv 18 iyuldan 19 iyulga o`tar kechasi Moskva viloyati Aprelevka shahrida joylashgan "Xoroshee mesto" kafesi yaqinida Rossiya Federasiyasining 10-15 nafar fuqarolari ishtirokida yuz berganligi haqida xabar qilgan.
Ushbu mojaroda O`zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etmaganligi ma`lum bo`lgan.