AsosiyJamiyat

Usmonxon Alimov Moskvada davolanayotgani ma`lum qilindi

'Usmonxon Alimov Moskvada davolanayotgani ma`lum qilindi'ning rasmi

Avvalroq, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining salomatliklarini yaxshilash uchun navbatdagi davolanish muolajalari amalga oshirilayotgani haqida xabar bergan edik. 

O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari ayni kunda Moskva shahrida o`pka va qon tomir kasalliklari muolajasini o`tamoqdalar. 

Xabarda aytilishicha, hazratning holatlari barqaror. Zarur, barcha chora-tadbirlar malakali shifokorlar tomonidan amalga oshirilmoqda.

"Muftiy hazratlarining haqlariga Alloh taolodan shifoi komil, tan-sihatlik, uzoq umr, musulmon ummatiga va xalqimizga uzoq yillar xizmat qilishlarini Yaratgan Parvardigordan iltijo qilib qolamiz".–deyiladi xabarda. 

Boshqa yangiliklar