Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o`tkazdi.
Unda, fuqaro R.A. boshqa bir fuqaro O`.ni 23000 AQSh dollari evaziga Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining huquqshunoslik fakultetiga yoki 4000 AQSh dollari evaziga jismoniy tarbiya fakultetiga o`qishga kiritib quyishga ishontirib, oldindan 10000 AQSh dollari va 40 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Beshariq tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.X. fuqaro M.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 1000 AQSh dollari evaziga Qo`qon davlat pedagogika institutining psixologiya fakultetiga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilib, oldindan 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departament hamda DXXning Dang`ara tumani bo`limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, “B.S.” nodavlat ta`lim muassasasi rahbari A.A. fuqaro G.ning ishonchiga kirib, uni Qo`qon pedagogika institutiga 2500 AQSh dollari evaziga o`qishga kiritib qo`yishini aytib, oldindan 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






