AsosiyJinoyat

Bulung`urda tadbirkorlarning mulkini qo`lga kiritgan firibgarlarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Bulung`urda tadbirkorlarning mulkini qo`lga kiritgan firibgarlarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulung`ur tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda, “A.” MChJ rahbari E.A. va fuqaro X.X.lar oldindan til biriktirib, “Mingchinor” mahallasida qurilishi rejalashtirilayotgan zamonaviy “Eko bozori” hamda savdo majmuasi qurilishiga pudratchi sifatida jalb qilinganligidan foydalanib, 4 nafar tadbirkorni aldab ularga ushbu majmuadan do`kon olib berish evaziga jami 18 000 AQSh dollari va 80 mln so`mini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar