AsosiyJinoyat

Tadbirkorning 1,1 mlrd so`mini qo`lga kiritgan korxona rahbari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Tadbirkorning 1,1 mlrd so`mini qo`lga kiritgan korxona rahbari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. 

Unda, “G” MChJ rahbari va boshqalar “B” MChJ rahbarining ishonchiga kirib, unga “Keramogranit plitka” mahsulotini 30 kun ichida etkazib berish evaziga “B” MChJning  1,1 mlrd so`mini 2020 yil 25 dekabrdagi shartnomaga asosan “G.” MChJ hisob raqamiga o`tkazishga erishib, shu kunga qadar mahsulotlarni etkazib bermasdan tadbirkorning pul mablag`larini o`z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar