Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" AJ xabar qildi.
Ma`lum bo`lishicha, joriy yil iyul oyi boshida Ispaniyaning «Patentes Talgo S.L.U.» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan «Afrosiyob»ning yangi poezdi Ispaniyaning Bilbao shahridan Toshkentga jo`natilgan.
Dastlab, yangi poezd maxsus yuk kemada 4000 km masofani bosib o`tib, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga etkazilgan.
U erda harakat tarkibining barcha vagon va lokomotivlari yig`ilib, yaxlit holatga keltirilganidan so`ng, 20 iyul kuni temir yo`l orqali O`zbekistonga jo`natildi. Rossiya Federasiyasi va Qozog`iston Respublikasi hududlaridan yana 4200 km masofani bosib o`tib, nihoyat 24 iyul kuni kechki payt Toshkentga etkazildi.
Ushbu rusumdagi poezd O`zbekistonda beshinchi bo`lib hisoblanmoqda. Joriy yil yakuniga qadar yana bitta shu turdagi yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezd keltirilishi aytilmoqda.