2022 yil 1 yanvardan quyidagi 16 turdagi hujjat va ma`lumotlarni davlat organlari, xo`jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik sub`ektlaridan talab qilish bekor qilindi:
a) quyidagi faktlarni tasdiqlovchi ma`lumotlarni:
–tadbirkorlik sub`ekti davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnoma ma`lumotlarini;
–lisenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar
– xabarnomalar qabul qilinganligi to`g`risida tasdiqnoma mavjudligi bo`yicha ma`lumotlarni;
– boji, yig`imlar va boshqa to`lovlar to`langanligi to`g`risida ma`lumotlarni;
– qog`ozlar, qimmatli qog`ozlar bilan amalga oshirilgan operasiyalar, dividendlar olinganligi to`g`risida ma`lumotlarni;
– kam ta`minlangan oila yoki oila a`zosi sifatida ro`yxatga olinganligi to`g`risida ma`lumotlarni;
– jismoniy shaxslar tomonidan to`langan va olingan alimentlar to`g`risida ma`lumotlarni;
– oliy ma`lumot to`g`risidagi diplom ma`lumotlarini;
– jismoniy shaxs o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasasini tugatganligi haqida ma`lumotlarni;
– jismoniy shaxs umumiy o`rta ta`lim (11-sinf negizida) muassasasini tugatganligi haqida ma`lumotlarni;
– fuqaro “Yoshlar daftari” yoki “Ayollar daftari”da mavjudligi to`g`risida ma`lumotlarni;
– o`zini o`zi band qilgan shaxslar to`g`risida ma`lumotlarni;
– oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirish uchun imtiyozga ega bo`lgan abiturientlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat to`g`risida ma`lumotlarni;
b) quyidagi hujjatlarni:
– moliyaviy hisobotlar nusxalarini;
– jismoniy shaxslarning oxirgi 12 oydagi ish haqini tasdiqlovchi ma`lumotnomalarni;
– ijtimoiy nafaqa va pensiyalar to`langanligi to`g`risida ma`lumotnomalarni talab qilish bekor qilinadi.
Davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini ko`rsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa ma`muriy tartib-taomillarni ushbu 16 turdagi hujjat va ma`lumotlarni mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integrasiyalashuv platformasi orqali so`rab oladi.