AsosiyJamiyat

Vaksina olganlarning qo`l mushagidan metal chiqayotgani rostmi? Nurmat Otabekov javob berdi

'Vaksina olganlarning qo`l mushagidan metal chiqayotgani rostmi?  Nurmat Otabekov javob berdi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabining navbatdagi  brifingi bo`lib o`tdi. Unda  Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i o`rinbosari Nurmat Otabekov qo`l mushagidan metal bo`lagi chiqarilgani aks etgan videolarga munosabat bildirdi.

"Ijtimoiy tarmoqlarda bemorning deltasimon mushagidan bir metal parchasi chiqarib olish jarayoni namoyish qilinayapti. Bu videoni tarqatayotganlar buni vaksinadan keyingi holat ekanini aytib, uni maxsus «chip» deyishmoqda. Bu haqiqatga mos kelmaydi!  

Birinchidan, suyuq metal — faqatgina simob hisoblanadi. Temir moddasini suyultirilgan holda organizmga kiritish mumkin emas. Chunki juda yuqori haroratdagina temir moddasi suyuq holatga keladi.  

Qolaversa, temir moddasini organizmga yuborish uchun igna uchi judayam yo`g`on bo`lishi kerak. Ushbu videodagi holatni vaksina bilan bog`lash mutlaqo noto`g`ri! Bundan holatlarga ortiqcha e`tibor qaratmasligingizni so`raymiz",–dedi Nurmat Otabekov. 

Boshqa yangiliklar