AsosiyJinoyat

Samarqandda o`tkazilgan tungi reydda foxishalik bilan shug`ullanib yurgan 9 nafar ayol qo`lga olindi

'Samarqandda o`tkazilgan tungi reydda foxishalik bilan shug`ullanib yurgan 9 nafar ayol qo`lga olindi'ning rasmi

Kecha, 26 iyul kuni 00:00 dan so`ng Samarqand shahrida tungi reyd tadbirlari o`tkazildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB ma`lum qildi.

Tadbirlar davomida, jami 153 nafar shaxslar hududiy IIB larga olib kelinib, tekshiruvdan o`tkazildi.  

17 nafar spirtli ichimlikka ruju qo`ygan shaxslar hujjatlashtirilib maxsus davolanish muassasalariga yuborildi.  

1 nafar firibgarlik bilan qidiruvda bo`lgan shaxs qo`lga olindi.

Foxishalik bilan shug`ullanib yurgan 9 nafar ayollar aniqlanib, ularga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 190-moddasi (Fohishalik bilan shug`ullanish) bilan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. 

    Boshqa yangiliklar