Shahrisabz shahar IIBga tushgan xabarga ko`ra, shaharning “G`alaba” MFYda yashovchi ayol N.S. moddiy tomondan qiynalgan yosh qizlarni Turkiyaga yuborib fohishalik bilan shug`ullanishlari uchun u erda bo`lgan tanish ayol T.D. va boshqalar bilan oldindan o`zaro jinoiy til biriktiradi.
25-30 yoshli engil tabiatli U.SH. A.G. va J.L.ga “Samarqand–Turkiya” yo`nalishidagi samolyotga o`z hisobidan 1500 AQSh dollariga chipta sotib olib beradi. Samarqand xalqaro aeroportida bu uch xotin-qiz samolyotga chiqayotganida to`xtatib qolindi. Bu haqda POSTDA.UZ ma`lum qilindi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






